
"Yangi chaqiruvlar uchun jamoani tark etishga qaror qildim" - Piter Xyuistra "Paxtakor" bilan xayrlashdi
Mavsum so‘ngida "Paxtakor"ni tark etgan Piter Xyuistra o‘z "Instagram" sahifasida klub bilan xayrlashdi.
"Paxtakor" bilan o‘tgan muvaffaqiyatli 5 mavsumdan so‘ng yangi chaqiruvlar uchun jamoani tark etishga qaror qildim. Futbolchilar, klub xodimlari va muxlislarga kelasi mavsumda barchasi yaxshilikni tilayman. Doim "Paxtakor" muxlisi bo‘lib qolaman!"
Ma’lumot uchun, niderlandiyalik mutaxassis avvaliga Shota Arveladze shtabida yordamchi murabbiy, so‘ngra o‘tgan mavsumda bosh murabbiy sifatida ish olib bordi.
Fikrlar