Yana bir jangchi Dana Uayt da’vogarlar seriyasida g‘alaba qozonib, UFC bilan shartnoma imzoladi

  • 27 avgust, 20:12
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

26 avgustdan 27 avgustga o‘tar kechasi Las-Vegasda Dana Uayt da’vogarlar seriyasining navbatdagi turniri bo‘lib o‘tdi. Unda Chechenistonlik, hozirda Turkiya sharafini himoya qilayotgan Abdul-Rahmon Yaxyaev oktagonga ko‘tarildi.

Tecno

Yarim og‘ir vazn toifasida (93 kg) Alik Lorensga qarshi jang qilgan Yaxyaev birinchi raunddayoq texnik nokaut bilan g‘alaba qozonib, UFC bilan shartnomani qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot uchun, 28 yoshli Yaxyaev 2019 yildan beri professional MMA janglarida ishtirok etib keladi. Uning hisobida 8 ta g‘alaba va 2 ta mag‘lubiyat bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!