
Yana bir futbolchi Mbappe haqida gapirishni istamadi
"Yuventus" yarim himoyachisi Leandro Paredes jurnalistlarga PSJdagi sobiq jamoadoshi Kilian Mbappe haqida gapirishdan bosh tortdi.
“Mbappe haqida aytadigan gapim yo‘q. Men boshqalar bilan yomon munosabatda bo‘lganlar haqida nimadir ayta olmayman", dedi Paredes.
Avvalroq Mbappe va PSJning boshqa bir hujumchisi Neymar o‘rtasidagi mojaro haqida ma’lum mish-mishlar tarqalgan edi. Yakunda futbolchilar kelishib oldi, biroq o‘rtadagi nizo haligacha tugagani yo‘q. Shuningdek, yaqinda Neymarning o‘zi ham jurnalistlarga Kilian haqida gapirishni istamagan edi.
Fikrlar