Yana bir engilmas bokschimiz okean ortida g‘alaba qozondi

  • 11 aprel, 2019, 10:01
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Engilmas bokschimiz - Xurshidbek Normatov bugun tongda rofessional boksdagi o‘zining sakkizinchi jangini o‘tkazdi.

Tecno

Bu safar unga amerikalik Kelvin Metkalf (9-1-1) raqiblik qildi. Hamyurtimiz ushbu jangda ochkolar hisobiga g‘alaba qozondi.

Ma’lumot uchun, 24 yoshli Metkalf profi boksdagi debyutini 2016 yilda Joel Bleyrga qarshi o‘tkazgan va g‘alaba qozongan. Umumiy hisobda 11 bor ringga ko‘tarilgan Metkalf 9 jangni o‘z foydasiga hal etgan. 2017 yil Konor Koylga qarshi bahsda esa ochkolar hisobi bo‘yicha mag‘lub bo‘lgan. So‘nggi jangida esa durang natija qayd etgan edi.

Xurshidbek Normatov esa profi boksda 7 ta jang o‘tkazib ularning barchasida zafar quchgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Nyu-York shahrida kechadigan mazkur boks kechasid shuningdek yana bir yurtoshimiz Bahodir Jalolov ham ishtirok etdi va g‘alaba qozondi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!