
Yan Blaxovich qachon oktagonga qaytadi?
Yarim og‘ir vazn toifasida sobiq UFC chempioni Yan Blaxovich shu yilning dekabr oyida oktagonga qaytishini e’lon qildi
"Men bugun ertalabdan uyg‘ondim, qahva ichdim va itimni sayrga olib chiqdim. Keyin biroz o‘g‘lim bilan vaqt o‘tkazdim. Ammo nimadir etishmayotgandek edi.
Keyin UFC bosh ofisiga qo‘ng‘iroq qildim va o‘g‘lim ularga qarata dadamga dekabr oyida jang beringlar dedi", - deb yozdi Blaxovich.
Eslatib o‘tamiz, Yan oxirgi jangini 2023 yilning yozida o‘tkazgan va o‘shanda u Aleks Pereyraga ochkolar hisobigako‘ra mag‘lub bo‘lgandi.
Fikrlar