Yamaldan zo‘ri chiqdi

  • 5 noyabr, 15:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Arsenal” Evropa Chempionlar ligasining umumiy bosqich to‘rtinchi turini Chexiyada o‘tkazib, Praganing “Slaviya” jamoasi darvozasiga javobsiz uchta to‘p kiritdi.

Tecno

Bu uchrashuvda ushbu nufuzli turnirning yangi rekordi o‘rnatildi.

O‘yinning 73-daqiqasida londonliklar bosh murabbiyi Mikel Arteta maydonga 15 yoshli vunderkind Maks Doumenni tushirdi.

Doumen bahsga qo‘shilishi bilan Chempionlar ligasi tarixida o‘ynagan eng yosh futbolchi sifatida rekord o‘rnatdi. O‘yin vaqtida Doumen 15 yoshu 308 kunlik edi.

Angliyalik futbolchi shu tariqa “Borussiya Dortmund” vakili Yussuf Mukoko va “Barselona” yulduzi Lamin Yamal rekordini yangiladi.

Mukoko qit’aning eng nufuzli turnirida debyut qilganida 16 yoshu 18 kunlik bo‘lgan. Lamin Yamal esa, 16 yoshu 68 kunligida ilk bor Evropa Chempionlar ligasida to‘p tepgan.

Maks Doumen joriy mavsumda barcha turnirlarni qo‘shib hisoblaganda besh marotaba maydonga tushib, o‘z hisobiga bitta golli pas yozdirib qo‘yishga ham ulgurgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!