Yamal va Karvaxal bir biridan yuz o‘girdi

  • 28 oktabr, 07:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya chempionatining o‘ninchi turida joriy mavsum peshqadami “Real” o‘z maydonida amaldagi chempion “Barselona”ni 2:1 hisobida engib, musobaqa jadvalidagi etakchiligini mustahkamlab olgan edi.

Tecno

Bu uchrashuvda ikki jamoa o‘rtasida mojaro kelib chiqqanidan xabaringiz bor. O‘yindan keyin madridliklar sardori Daniel Karvaxal “Barsa” yulduzi Lamin Yamalni uchrashuvgacha aytgan gaplari uchun tanbeh bergandi. Buning ortidan janjal kelib chiqdi.

Footmercato nashrining ma’lum qilishicha, o‘zaro ziddiyatgan borgan Karvaxal va Yamal bir birining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaridagi obunasini bekor qilgan.

Bu holat Ispaniya milliy terma jamoasi rahbariyatini bezovta qilmoqda. Bu holat jahon chempionatiga chiqish uchun kurashayotgan terma jamoada muhitni buzilishiga olib keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!