Yamal: Urishmanglar, meni aybim yo‘q!
“Barselona” etakchisi Lamin Yamal klub va Ispaniya terma jamoasi rahbariyati o‘rtasidagi ziddiyat qurboni bo‘lishi mumkin. Hujumchining o‘zi Kataloniya klubi rahbariyatiga kelasi yil 27 mart kuniga mo‘ljallangan Argentina terma jamoasiga qarshi o‘tkaziladigan Finallisimada ishtirok etish istagini ma’lum qildi.
AS nashrining yozishicha, 18 yoshli futbolchi klub va Ispaniya Qirolligi futbol federatsiyasi (RFEF) o‘rtasidagi ziddiyat qurboni bo‘lishdan cho‘chimoqda. Lamin Yamal o‘zini bu ziddiyatning aybsiz aybdori sifatida his qilyapti.
Lamin jarohatidan imkon qadar tezroq tuzalib, “Barselona”da mavsumni yuqori darajada o‘tkazib, 2026 yilgi jahon chempionatida Ispaniya terma jamoasi sharafini munosib himoya qilishni mo‘ljallagan.
“Barselona” rahbariyati Ispaniya terma jamoasi Lamin Yamalning jarohatiga qaramay, yig‘inlarga chaqirtirilayotganiga norozi bo‘lmoqda. Futbol federatsiyasiga esa, klub davolash ishlari haqida o‘z vaqtida ma’lumot bermayotganiga e’tiroz qilmoqda.



Fikrlar