
Yamal o‘zining tashqi ko‘rinishiga katta e’tibor berishini ta’kidladi
"Barselona" vingeri Lamin Yamal o‘zini jamoadagi eng stilni futbolchi deb hisoblashini aytdi.
"Men ilhomni rassomlar, musiqachilar va aktyorlardan olishni yaxshi ko‘raman. Albatta, "Oltin to‘p" marosimi bu – nafosat kechasi, lekin men doim o‘z uslubimni qo‘shishga harakat qilaman. Ba’zan stilistlar bilan kelishmovchiliklar ham bo‘ladi, ammo oxir-oqibat o‘zimnikini o‘tkazaman.
Galstukka hech qachon havas qilmaganman, lekin yaqindagi fotosessiyada ular menga yoqqanini his qildim. Asosan ko‘proq kundalik va ko‘cha uslubidagi kiyimlarni afzal ko‘raman, ammo bu vaziyatga bog‘liq. Bugun esa menda babochka galstuk bor, juda nafis va bu menga yoqyapti. O‘zimni noqulay his qiladigan narsani hech qachon kiymayman.
Eng stil, eng zo‘r futbolchi — bu menman (kuladi). Mening chemodanimda doim naushniklar, lab balzami, sayohat uchun qulay kiyim va atir bo‘ladi. Shu to‘rtta narsa bilan qaerga bo‘lmasin yo‘lga chiqishga tayyorman", — dedi yosh yulduz "Sky Sports"ga bergan intervyusida.
Fikrlar