Yamal: "Nikoni "Barsa"ga olib kelgan bo‘lardim"

  • 19 iyun, 2024, 05:32
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya terma jamoasi bilan Evroning keyingi tur uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rayotgan Lamin Yamal Italiyaga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashib turib, yaqin do‘sti Niko Uilyams haqidagi savollarga ham javob qaytardi. 

Tecno

"Nikoni "Barsa"ga olib kelgan bo‘lardim. Agar mendan kim bilan shartnoma tuzishni istaysan, deb so‘rasangiz, Uilyamsni ko‘rsataman", - dedi Kataloniya klubi a’zosi. 

Shuningdek, Yamal biroz xazillashib Uilyams bilan munosabatlari borasida ham gapirdi. 

"Men uning otasiman. Nikodan hamma jabhada oldindaman", - deya kulib qo‘ydi Lamin. 

Eslatib o‘tamiz, 16 yoshli vinger allaqachon Evroda rekordlarni yangilashni boshladi. U birinchi turda maydonga tushgan va assist amalga oshirgan eng yosh futbolchiga aylanib oldi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!