
Yamal: "Men o‘zimni Messi bilan taqqoslamayman"
"Barselona" hujumchisi Lamin Yamal "Inter"ga qarshi bahs oldidan bo‘ltb o‘tgan matbuot anjumanida o‘zini Lionel Messi bilan solishtirishni xohlamasligini ta’kidladi.
- Men o‘zimni hech kim bilan, ayniqsa Messi bilan taqqoslamayman. Bu masalani sizlarning hukmingizga havola qilaman.
Bunday qiyoslashning hech qanday ma’nosi yo‘q. Men hayotdan zavq olishga va o‘z yo‘limdan yurishga intilaman. Men u bilan suhbatlashganim yo‘q. Umid qilamanki, bu Laminning emas, balki "Barselona"ning davri bo‘ladi, - deya izoh berdi "Barselona" hujumchisi.
Ma’lumot uchun, "ko‘k-anorranglilar" EChL yarim final bosqichi doirasida "Inter"ga qarshi bahs olib boradi. Dastlabki bellashuv 1 may kuni 00:00da start oladi.
Fikrlar