Yamal Levandovskining asosiy tarkibda ko‘rishni istamayapti

  • 7 aprel, 08:36
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Barselona” etakchisi Lamin Yamal jamoaning boshlang‘ich tarkibida 36 yoshli hujumchi Robert Levandovskining o‘ynashini istamayapti.

El Nacional nashrining yozishicha, 17 yoshli hujumkor futbolchi oldingi chiziqda Ferran Torres bilan birga to‘p tepish unga ma’qul ekanini ta’kidlamoqda.

Shu o‘rinda, Lamin Yamalning tajribali Levandovski bilan shaxsiy munosabatlari do‘stona va juda yaxshi ekani aytilmoqda.

Manbaga ko‘ra, Yamal bosh murabbiy Xans-Diter Flikka murojaat qilib, asosiy tarkibda polshalik to‘purar o‘rniga Ferran Torresni o‘ynatishni so‘radi.

Yamal joriy mavsumda barcha turnirlarda 42 ta uchrashuvda ishtirok etib, raqiblar darvozasini 13 marotaba ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga 19 ta golli uzatma berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!