“Roma” qoladigan futbolchilar ro‘yxatini tuzdi: Shomurodov bormi?
Joriy mavsumning birinchi yarmida inqirozga yuz tutgan “Roma”ni Klaudio Raneri qutqarib qoldi. Qadrdon jamoasi uchun faoliyatini qayta tiklagan 73 yoshli murabbiy qisqa fursatda “bo‘rilar”ni Evropa maydonlarida bo‘ladigan musobaqalar yo‘llanmalariga da’vogarga aylantira oldi.
Klaudio Ranerining mahoratini hamma tan oldi. Katta transferlarsiz, qimmatbaho o‘yinchilarsiz, tarkibda bor yigitlar bilan ham yaxshi natija qayd etish mumkinligini o‘zidan avval ishlab ketgan Joze Mourino, Daniele de Rossi va Ivan Yurichga ham ko‘rsatib qo‘ydi.
Shunga qaramay, mavsum qanday tugashidan qat’i nazar, Raneri bosh murabbiylikni topshiradi. U klub xo‘jayinlariga maslahatchi bo‘lib ishlaydi. Ayni paytda mutasaddilar yangi bosh murabbiy masalasini muhokama qilyapti va munosib nomzod tanlanadi.
“Roma” mutasaddilari bu jarayonlar ortidan yangi tarkib shakllantirilishini juda yaxshi biladi. Shu bois, klub rahbariyati qaysi mutaxassis bosh murabbiy bo‘lib kelishidan qat’i nazar, Rimda qoladigan o‘yinchilar ro‘yxatini shakllantirdi.
Nufkzli manba – Corriere dello Sport nashrining ma’lum qilishicha, klub darvozabon Mile Svilar, himoyachilardan Anjelino, Evan Ndika, Janluka Manchini, yarim himoyachilardan Leandro Paredes va Stefan El-Shaaravi, qanot hujumchilaridan Paulo Dibala hamda Matias Sulening Rimda qolishini kafolatladi.
Futbol jamoatchiligi va “Roma” muxlislarini uch futbolchi – jamoa sardori Lorentso Pellegrini, qimmatga olingan to‘purar Artyom Dovbik va keyingi paytda katta o‘sishga erishib, jamoa uchun muhim figuraga aylangan Eldor Shomurodovning klubda qoladigan o‘yinchilar qatoriga qo‘shilmagani hayron qoldi.
Shu bilan birga klub mutasaddilari Artyom Dovbik va Eldor Shomurodov jo‘yali taklif tushgandagina boshqa klublarga transfer qilinishi mumkinligini ham bildirgan.
Ta’kidlash lozimki, joriy mavsum Eldor Shomurodov uchun “Roma”ga kelgan 2021 yildan beri eng mazmunlisiga aylandi.
29 yoshli hujumchi A Seriya, Italiya kubogi va Evropa ligasida jami 32 marotaba maydonga tushib, raqiblar darvozasini etti bor ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga uchta golli pas uzatdi. Shomurodov qolgan uchrashuvlar davomida yana bitta to‘p kiritsa, bir mavsumda gol urish bo‘yicha shaxsiy rekordini takrorlaydi.
Eldor 2020-2021 yilgi debyut mavsumida Italiyaning eng qadimiy klubi hisoblangan “Jenoa” safida sakkiz bor raqiblar darvozalarini ishg‘ol qilgan edi.
Qizig‘i shundaki, o‘zbek futbolchisi joriy chempionatning o‘zida ikki marotaba boshqa klublarga o‘tishga yaqin kelgandi. Yozgi transferlarning so‘nggi kunlari AQShning “Atlanta Yunayted” klubi transferga ulgurmay qoldi.
Yanvarda esa, “Venetsiya” o‘zbek hujumchisini kutib olishga tayyorgarlik ko‘rayotgan pallada Klaudio Raneri Shomurodovni Rimda qolishini uqtirdi. Natijada Eldor chempionatning hal qiluvchi yakuniy bosqichida “Roma”ga sezilarli darajada foyda keltirmoqda.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisining o‘yinidagi ijobiy o‘zgarishlar, ko‘rsatkichlardagi o‘sishlar, jamoaviy o‘yinga ta’sir darajasini inobatga olgan “Roma” rahbariyati Eldor Shomurodov bilan amaldagi shartnomani 2027 yilning 30 iyunigacha uzaytirdi.
Fayzullaev, senga Evropadan aniq taklif bormi? Abbos javob berdi
Fayzullaev TsSKAdan ketishi haqida gapirdi
“Qiyqiriq moda”da o‘ynagan Shomurodovning assisti qanday baholandi?
Husanovga qaysi jamoa mos: “Real”, “Atletiko” yoki “Yuve”?
Shomurodov “Inter”ga ziyon keltirgan!
Fayzullaev nega yaxshi o‘ynolmayapti?
TsSKA Fayzullaevga narx belgiladi! Transfer yaqinmi?
Shomurodov Dovbikni “sindirdi”!
Fayzullaev “yo‘qolib” qoldi!
Shomurodov bir gol bilan “Roma”ning mavsum rekordini o‘rnatdi. Navbat tarixiy rekordga!



Fikrlar