Xvicha uchun kurashga yana APLning grand klubi qo‘shildi

  • 10 yanvar, 18:52
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Napoli" hujumchisi Xvicha Kvaratsxeliya uchun kurashga Angliya Premer-ligasining "Liverpul" klubi ham qo‘shildi. 
 
Agarda Xvicha qishki transferlar oynasida neapolliklar bilan shartnomasini uzaytirmasa, shu oy boshqa klubga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bir necha kundan buyon vinger uchun "Manchester Yunayted", PSJ kabi klublar juda katta qiziqish bildirmoqda. 
 
"Athletic" nashrining xabar berishicha, gruziyalik hujumchi uchun so‘nggi kunlarda Arne Slot boshchiligidagi mersesaydliklar ham ushbu kurashga qo‘shildi. Fursat tug‘ilishi bilanoq, angliyaliklar yangi taklif bilan chiqmoqchi. 
 
Ma’lumot o‘rnida, 23 yoshli futbolchi joriy mavsum 19 ta to‘qnashuvda ishtirob etib, 5 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Uning klub bilan shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, Transfermarkt portalidagi narxi 85 million evro deb baholanmoqda.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!