Xurshid G‘iyosov: "OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinlarda ko‘p gollar bo‘lish sababi: ikkala jamoa ham futbolni yaxshi ko‘radi"
Superliga markaziy uchrashuvi OKMK va "Nasaf" o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Unda tomonlar durangga imzo chekib, bir ochkodan bo‘lishib olishdi. O‘yindan keyingi Xurshid G‘iyosovning fikrlari bilan tanishishingiz mumkin.
O‘yin yaxshi o‘tdi, deb o‘ylayman. Endi maydon o‘yin darajasiga mos bo‘lmadi. "Nasaf" kuchli jamoa, ular birinchi o‘rinda ketayotgani ham bekordan bekorga emas. Shunga yarasha, yaxshi qarshilik ko‘rsatdik.
Birinchi davrada OKMK 2:1 hisobida mag‘lub bo‘lgandi. Bugun o‘sha bahsdagi nimani to‘g‘irladiki jamoa bir ochkoni qo‘lga kiritdi.
Futbol xatolardan iborat. Bugun kam xato qilganimiz hisobiga ham durang natija qayd etildi.
"Nasaf"ga qarshi o‘yinlarda doimo ko‘p gollar uriladi. Bu nima bilan bog‘liq?
Ikkala jamoa futbolni yaxshi ko‘rib, o‘ynashi va ochiq futbol namoyish qilishi.

Bu mavsumni OKMK'ga nima etishmadi?
Bu savolga men javob bera olmayman. Men futbolchiman, maydonga tushib, o‘zimni ishimni qilaman.
Sport formangiz juda ham yaxshi holatda, terma jamoa libosida Jahon chempionatida o‘ynash haqida o‘ylayapsizmi?
Xudo xohlasa. Shunday niyatim bor va bunga harakat qilaman.



Fikrlar