
Xorvatiya futbol federatsiyasi jarimaga tortiladi
UEFA tartib-intizom qo‘mitasi Xorvatiya futbol federatsiyasini 88 ming evroga jarimaga tortadi.
"Evro-2024" musobaqasi 1-turidan o‘rin olgan Berlindagi "Olimpiashtadion"da o‘tkazilgan Xorvatiya va Ispaniya o‘rtasidagi o‘yinda muxlislar tartibsizlik ko‘rsatgan. O‘sha bahsda xorvatlar 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchragan.
UEFA taqdim etgan hisobotga ko‘ra, Xorvatiya futbol federatsiyasi o‘z muxlsilari tomonidan plastik idishlarni uloqtirgani uchun 63 875 evro, pirotexnika vositalarini ishlatgani uchun 24 000 evro, hammasi bo‘lib 87875 nvro jarimaga tortiladi.
Fikrlar