Keysuke Xonda jahon rekordini o‘rnatdi

  • 18 mart, 2020, 16:44
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaponiyalik futbolchi Keysuke Xonda 5 ta qit’ada gol urgan yagona futbolchi bo‘lib, tarixga kirdi.

Tecno

"Botafogo" tarkibidagi debyut uchrashuvini "Bangu" klubiga qarshi o‘tkazgan yarim himoyachi Janubiy Amerikadagi dastlabki golini urdi. Xonda bungacha, Osiyo, Shimoliy Amerika, Evropa va Avstraliyada gol urishni uddasidan chiqqan.

2008 yili Yaponiyadan Evropaga yo‘l olgan 33 yoshli futbolchi Gollandiyaning "Venlo", "Vitess", Rossiyaning TsSKA va Italiyaning "Milan" klublarida to‘p surgan.

U Meksikaning "Pachuka" va Avstraliyaning "Melburn Viktori" safida ham faoliyat olib borgan.

Ma’lumot uchun, Xonda 2010 yili JARda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida ikkita golga mualliflik qilgan.

Dunyoning ko‘plab mamlakatlarida etti qit’aning modellari mashhur bo‘lib, ularda Evropa va Osiyo turli xil qit’alardir.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!