Xolandni sotib olish uchun "Barsa"ga yordam beradiganlar topildi

  • 12 oktabr, 2021, 16:14
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" jiddiy moliyaviy qiyinchiliklarga qaramay, "Borussiya" Dortmund hujumchisi Erling Xolandga qiziqish bildirmoqda.

Tecno

Kataloniya klubi rahbariyati yozda 21 yoshli norvegiyalik hujumchini sotib olmoqchi. Bu yil klub  prezidenti Joan Laporta futbolchining otasi va agenti bilan uchrashdi.

Diario Sport xabariga ko‘ra, "Barsa" klubiga ushbu transferni amalga oshirishda yordam berishga tayyor bo‘lgan bir nechta investitsiya fondlardan takliflar bor. Shunga qaramay, Xolandning ish haqi bo‘yicha yuqori talablari kataloniyaliklar uchun jiddiy to‘siq bo‘lib qolishi mumkin.

Xolanj uchun "Real" va PSJga qarshi raqobatda "Barselona"ning ustunligi shundaki, u "Kamp Nou"da asosiy futbolchiga aylanishi mumkin, boshqa jamoalarda esa unga bunday rol kafolatlanmagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!