
Xolandni qamoq kutyapti
“Manchester Siti” to‘purari Erling Xoland Shveytsariyaga borsa, bir kunga qamalishi mumkin. Bu haqda Blick nashri xabar tarqatdi.
Manbaga ko‘ra, mashhur futbolchi 64,4 evro miqdoridagi jarimani to‘lamay yuribdi.
Voqea shu yilning 25 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan. Xoland Shveytsariyaning g‘arbiy qismida qoidani buzgani uchun unga jarima belgilangan.
Endi Erling otasi yashayotgan Shveytsariyaga borsa, hibsga olinishi mumkin. Biroq, shu summa to‘lanishiga qonun himoyachilari futbolchini boshqa bezovta qilmaydi.
Qizig‘i shundaki, haftasiga 433 ming evro maosh olayotgan Xoland nega arzimagan jarimadan qochib yuribdi ekan?
Fikrlar