
Xoland va Sanchoning gollari "Borussiya"ga yirik hisobda g‘alaba keltirdi (video)
UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqich 4-turida “Borussiya” Dortmund o‘z maydonida “Bryugge”ni qabul qildi.
“Signal Iduna Park” stadionida kechgan bahs maydon egalarining to‘liq ustunligida o‘tdi va bu yakuniy hisobda ham o‘z aksini topdi – 3:0. O‘yinda Erling Xoland (18', 60') dubl qayd etgan bo‘lsa, yana bir golga Jeydon Sancho (45') mualliflik qildi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar