
Xoland nima sababdan kechagi "Uotford"ga qarshi bahsni o‘tkazib yubordi?
Erling Xoland kecha Angliya liga kubogi doirasidagi "Uotford"ga o‘yinini nima sababdan o‘tkazib yuborgani ma’lum bo‘ldi
.
Futbolchining otasining uzoq yillik dugonasi Ivar Eggiyaning dafn marosimi shu hafta bo‘lib o‘tadi. Klub Xolandga kecha bo‘lib o‘tgan "Uotford"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishga ruxsat berdi. Forvard shu tufayli avvalgi hafta oxirida Norvegiyaga yo‘l olgan.
Taxminlarga ko‘ra, Xoland 28 sentyabr kuni APL doirasida "Nyukasl Yunayted"ga qarshi o‘yinda ishtirok eta oladi. Eslatib o‘tish joiz, norvegiyalik futbolchi joriy mavsum Premer-ligada norvegiyalik 5ta o‘yin o‘tkazib, 10ta gol urishga erishgan.
Fikrlar