Oston O‘runovning "Persepolis"ni tark etish ehtimoli! Hammasi Turkiyada hal bo‘ladi

  • 4 may, 12:44
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston terma jamoasi va "Persepolis" vineri Oston O‘runovning klubini tark etishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi. 

Tecno

Forslarning bir necha nashrlari, xususan, "parsfootball", "tarafdori", "vista iran" nashrlari legionerimizning sotilishi haqida xabar berdi. 

"Ismoil Kartal Oston O‘runovga ishonmaydi, "Persepolis" klubi rahbariyati ham futbolchini sotishga harakat qilmoqda. Biroq hammasi Turkiyada ma’lum bo‘ladi.

"Persepolis"ning o‘zbekistonlik vingeri Ostun O‘runov mavsumni qiyin o‘tkazdi. U o‘tgan yilning ikkinchi yarmida "Persepolis"ga kelib qo‘shilgan va poytaxt jamoasining Pro-liga chempionligini qo‘lga kiritishda asosiy figuralaridan birin bo‘lgan, ammo u o‘z formasini saqlab qola olmadi.

O‘runov mavsum oldidan O‘zbekiston terma jamoasi bilan Olimpiada musobaqalarida qatnashdi va FIFAning barcha turnirlarida o‘z mamlakati terma jamoasiga ham taklif etildi. Bu yuqori bosim uning jarohatini og‘irlashtirdi. Futbolchi joriy mavsumda ko‘plab o‘yinlarni o‘tkazib yubordi va mutaxassislarning fikricha, yulduzning yo‘qligi jamoaning o‘yinlariga salbiy ta’sirini ko‘rsatdi.

Nima bo‘lishidan qat’iy nazar, Ismoil Kartal keyingi mavsumda O‘runovdan ortiqcha umid qilmayapti. Buni isbotlash uchun o‘z safiga ikkita yaxshi vingerni qo‘shib olmoqchi.

Ayni paytda Kartal jamoasi mavsum tugagach Turkiyada yig‘in o‘tkazadi. Ushbu 24 kunlik tayyorgarlikda O‘runov ham qatnashadi va keyingi mavsumga tayyorlanadi. Agar Oston yana shu lagerda jarohat olsa, keyingi mavsumda u Kartal jamoasidan ketadi", - deyiladi  "tarafdori" nashri yozgan maqolada.

Avvalroq, "Persepolis" Ali Golizodani sotib olishni ko‘zlayotgani haqida xabar berilgan edi. 

O‘runov 2024/25 yilgi mavsumda Eron Pro-ligasida 18 ta o‘yinda ishtirok etib, ikkita gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!