
Xoland jamoasidan xavotirda
“Manchester Siti” to‘purari Erling Xoland o‘z yurti Novergiyadan ketganiga ancha bo‘lganiga qaramay, o‘zini tarbilagan “Bryune” jamoasi faoliyatini diqqat bilan kuzatib keladi.
25 yoshli hujumchi “Bryune”ning yozgi transfer siyosatidan qoniqmaganini ma’lum qildi. Yanada aniqroq aytsak, klub rahbariyati uch nafar futbolchini jamoadan ketkazgani Xolandga yoqmadi.
- “Bryune”, nimalar bo‘lyapti? Men uxlash o‘rniga sobiq klubimdagi mojarolar haqida bosh qotirishimga to‘g‘ri kelyapti, - dedi Erling Xoland.
Xoland 2015-2017 yillar davomida “Bryune” o‘yinchisi bo‘lgan. Keyin “Molde” jamoasiga ko‘chib o‘tgan. 2019 yili Avstriyaning “Zaltsburg” klubi hujumchini 8 million evro evaziga o‘z safiga qo‘shib oldi.
Erling roppa rosa bir yildan keyin “Borussiya Dortmund”ga transfer qilindi. “Manchester Siti” esa, 2022 yilning yozida norvegiyalik to‘purarni 60 million evro evaziga Angliyaga olib keldi.
Fikrlar