Xoland hech kim erishmagan “dahshatli” rekord o‘rnatdi

  • 3 dekabr, 06:27
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasining 14-turida “Manchester Siti” safarda “Fulxem” bilan kuch sinashdi va gollarga boy bo‘lgan bahsda 5:4 hisobida qiyin g‘alabaga erishdi.

Tecno

Ushbu uchrashuvda manchesterliklar hujumchisi Erling Xoland bitta gol bilan tarixga kirdi. Bu aniq zarba norvegiyalik forvardning Angliya Premer-ligasidagi 100-goli bo‘ldi.

Shu tariqa, 25 yoshli Xoland APL tarixida eng tez 100 ta gol urgan futbolchiga aylandi. Bunga erishish uchun Erlingga 111 ta uchrashuv kifoya qildi.

Avvalgi rekord “Nyukasl”da o‘ynagan Alan Shirerga tegishli edi. Angliyalik hujumchi o‘z davrida 125 ta uchrashuvda raqiblar darvozasini yuz marta ishg‘ol qilgan.

Bu ko‘rsatkich bo‘yicha kuchdi uchlikni “Tottenxem”da o‘ynagan Harri Keyn yakunlab turibdi. 32 yoshli forvard Angliya Premer ligasidagi gollari sonini yuztaga etkazish uchun 142 ta uchrashuv kerak bo‘lgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!