
Xoland chaqirgan futbolchi keldi
“Manchester Siti” rasmiy saytida “Borussiya” himoyachisi Manuel Akanjini transfer qilgani haqida ma’lumot berdi.
“Shaharliklar” bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaga bu o‘yinchini olishni Erling Xoland tavsiya qilgan edi. Norvegiyalik hujumchi Manchesterga kelguniga qadar Akanji bilan Dortmund klubida birga o‘ynagan va uning imkoniyatlarini yaxshi biladi.
Ma’lumotlarga qaraganda, “Manchester Siti” 27 yoshli himoyachi bilan 2027 yilning yozigacha davom etadigan shartnoma imzolagan.
Xosep Gvardiola — fantastik murabbiy. “Manchester Siti”ning tarkibi hayratlanarli. Shunday ekan, bu transfer men uchun yangi imkoniyatdir. Men Angliya premer-ligasida o‘zimni sinab ko‘rishni va yangi jamoamga yordam berishni intizorlik bilan kutyapman, - dedi Manuel Akanji.
Fikrlar