
Xoland “Barsa” nishonida!
“Barselona” klubi xo‘jayini Joan Laporta qishki transfer bozoridagi holatlar bo‘yicha izoh berdi.
Kataloniya jamoasi rahbari klub nishonida turgan “Manchester Siti” yulduzlari haqida o‘z qarashlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Agar favqulodda zo‘r transfer imkoniyati chiqib qolmasa, qishda biror xarid amalga oshirilmaydi. O‘tgan yozda bir necha transferlarni uddaladik va bosh murabbiyimiz bundan qoniqish hosil qildi.
Shuning uchun ham “Manchester Siti” vakili Bernardu Silvaga 80 million evro to‘lashni istamadik. Shu bilan birga Erling Xolandning “shaharliklar” safidagi faoliyatini kuzatib borishda davom etamiz.
Hozir tarkibimizda ishonchimizni oqlayotgan Robert Levandovski bor. Bu jamoa endi sovrinlar yutishi kerak, - dedi Joan Laporta.
Fikrlar