
Xokkey. "Humo" ikkinchi o‘yinda ham "Torpedo" ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi
Toshkentning "Humo" xokkey klubi Qozog‘iston chempionatining navbatdagi turi doirasida safarda "Torpedo"ga qarshi ikkinchi uchrashuvini o‘tkazdi.
E’tiborlisi, ushbu bahsda ham "qanotlilar"ning qo‘li baland keldi. "Humo" shu kuni "Torpedo" darvozasiga javobsiz 2 ta gol urdi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu jamoalar o‘rtasidagi dastlabki o‘yinda "Humo" 4:1 hisobida zafar quchgan edi.
Endi "Humo" keyingi uchrashuvini 22 noyabr kuni Toshkentda "Snejnye Barsy"ga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar