
Xokkey. "Humo" bugun pley-offdagi ilk safar o‘yinini o‘tkazadi
Qozog‘iston Pro-ligasida chempionlik uchun kurashayotgan Toshkentning "Humo" xokkey klubi bugun pley-off doirasidagi ilk safar uchrashuvini o‘tkazadi.
"Qanotlilar" bugun 1/4 final doirasida "Gornyak"ga qarshi muzga tushishadi. Ushbu o‘yin Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, "Humo" o‘tgan hafta Toshkentda "Gornyak"ni qabul qilgan va ikkala uchrashuvda ham g‘alaba qozongan edi.
Fikrlar