
Xokkey. "Humo-2" "Temirtau" ustidan g‘alabaga erishdi
Toshkentning "Humo-2" jamoasi o‘z maydonida "Temirtau" klubin qabul qildi va overtaymda kiritilgan shayba evaziga 2:1 hisobida zafar quchdi.
Ertaga soat 14:00 da poytaxtimizdagi "Humo-Arena" muz saroyida mazkur jamoalar ishtirokidagi ikkinchi bellashuv bo‘lib o‘tadi.
"Humo-2" (Toshkent) - "XK Temirtau" (Temirtau) 2:1 OT (0:0, 1:0, 0:1, 1:0)
1:0 - Panov (Amirov, Bostanjiev) - 34:58 GB
1:1 - Zolotuxin (Truxachyov, Potapov) - 48:01
2:1 - Yanchuk - 61:44
Fikrlar