
Xokkey bo‘yicha ilk O‘zbekiston chempionati finali qay tarzda o‘tgan? (Foto)
Bundan roppa-rosa bir yil muqaddam poytaxtimizdagi "Ice City" muz maydoni mezbonlik qilgan xokkey bo‘yicha birinchi bor o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatida barcha g‘olib va sovrindorlar aniqlab olingan edi. Bosh sovrin uchun finalda "Binokor" hamda "Semurg‘" jamoalari kuch sinashgani yodingizdan chiqmagan bo‘lsa kerak.
Jamoalarning murosasiz kechgan qarama-qarshiligida g‘olib nomini aniqlash uchun 5 ta o‘yin kerak bo‘lib, hal qiluvchi uchrashuvda "Semurg‘" raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmay 4:1 hisobida ustun kelib, xokkey bo‘yicha ilk bor o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatida g‘alaba qozongan edi.
Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston chempionati. Final
"Semurg‘" – "Binokor" 4:1 (seriyalar bo‘yicha 3:2)
Ta’kidlash joiz, bronza medallari "Humo" jamoasiga nasib etgan. Tantanali taqdirlash marosimida mavsumda o‘zini ko‘rsatgan bir qator xokkeychilarga shaxsiy sovrinlar ham topshirilgan.
Unga ko‘ra, "Binokor" a’zosi Javohir Rasulov (hozir "Humo"da) chempionatning eng foydali xokkeychisi, "Semurg‘" hujumchisi Sergey Golev esa eng yaxshi to‘purar va hujumchi deb topilgan.
Shuningdek, Aleksandr Zokirov ("Binokor") eng yaxshi darvozabon, Konstantin Gavrilenko ("Semurg‘") esa eng yaxshi himoyachi bo‘lgan.













Fikrlar