Xoakin Raulga yaqinlashib oldi

  • 22 fevral, 2020, 03:44
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Betis" yarim himoyachisi Xoakin Sanches La Liganing 25-turida "Malorka" (3:3) ga qarshi bellashuvda maydonga tushdi.

Tecno

Ushbu bahs ispaniyalik futbolchi uchun La Ligadagi 542-o‘yin bo‘ldi. Bu bilan, Xoakin ko‘p o‘yin o‘tkazish bo‘yicha La Liga tarixida to‘rttinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi va "Real"ning sobiq darvozaboni Fransisko Buyo bilan ushbu pog‘onani bo‘lishib turipti.

Mutloq rekordchi esa "Atletik" va "Barselona" klublarining sobiq darvozaboni Andoni Subisaretta hisoblanadi. U La Liga doirasida 622 ta uchrashuv o‘tkazgan. Kuchli uchlikdan "Real"ning sobiq hujumchisi Raul (550 ta o‘yin) va "Barselona"ning sobiq yarim himoyachisi Eusebio Sakristan (543 ta o‘yin) joy egallashgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!