Xenderson faoliyatini Frantsiya chempionatida davom ettirishi mumkin

  • 30 yanvar, 18:28
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Ayaks" yarim himoyachisi Jordan Xenderson faoliyatini Frantsiyada davom ettirishi mumkin. 

Tecno

Fabritsio Romano xabar berishicha, ingliz futbolchisini "Monako" o‘z tarkibiga qo‘shib olishga yaqin turibdi. Tomonlar o‘rtasida 2026 yilgacha amal qiladigan bitim borasida deyarli kelishuv bor. Xavbek ushbu transferga rozi bo‘lishi mumkin, lekin Niderlandiyaning "Telegraaf" nashri xabar berishicha, Amsterdam klubi uni qo‘yib yuborishni istamaydi. 

Ma’lumot uchun, Jordan 2024 yilning qishida "Al-Ittifoq"ni tark etib, "Ayaks" bilan shartnoma imzolagandi. U mazkur mavsum jamoasi tarkibida 31 ta o‘yinda maydonga tushishga ulgurdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!