
Xayrulla Hamidov: Vadim Abramov hali ham sahnada ekanini ko‘rsatdi va murabbiylikdagi “nevarasi” - Shatskixga saboq berdi
1 avgust kuni O‘zbekiston kubogida nimchorak finaldan o‘rin olgan "Dinamo" - "Paxtakor" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bellashuvda samarqandliklar 3:2 hisobida g‘alaba qozonib, chorak finalga yo‘l oldi. "Sherlar" esa kubok bahslaridan chiqib ketdi.
Ushbu voqelikdan so‘ng taniqli sharhlovchi Xayrulla Hamidov telegramdagi sahifasida o‘z fikrlarini bildirdi.
- “Dinamo”ni tarixiy g‘alaba bilan tabriklaymiz, hatto pro-ligadaligida ham “Paxtakor”ning kushandasi bo‘lishda davom etyapti.
Ammo mana bu videoda aytilganidek, “Paxtakor”ning asosiy quroli Cheran ekani yana tasdiqlandi. Bir bo‘lim Dragansiz - 0-3, u tushib - 2:3 va sal qolyapti o‘yinni qutqarishiga.
Xullas, Vadim Abramov hali ham sahnada ekanini ko‘rsatdi va murabbiylikdagi “nevarasi” - Shatskixga saboq berdi.
Bravo, “Dinamo”, bravo, Samarqand! - dedi Xayrulla Hamidov.
Fikrlar
Хайрулла,Шацких хали хам осмонда юрибди
Уйинчи яхши ё ёмон курсатгичини факат биз мухокама киламиз дейди ахир футбол Ким учун