
Xayrulla Hamidov: Sayfievning oldida Maguayr hijolat
Kecha saytimiz tomonidan taqdim etib kelinayotgan "O‘zbekcha futbol" dasturining navbatdagi soni bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etgan Xayrulla Hamidov O‘zbekiston - Gana bahsi haqida quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:
"Gananing B tarkibi bizga muammo tug‘dirishining asosiy sababi vaziyatlardan foydalanmaganimiz bo‘ldi, deb o‘ylayman. 2 ta vaziyatda aniq gol urilishi mumkin bo‘lgan holda, futbolchilarimiz noaniq zarbalar yo‘lladi. Shomurodov, O‘runovda yaxshi vaziyatlar bo‘ldi. Sayfievning imkoniyatdan foydalanish darajasi oldida Maguayr hijolat! Shu tomondan, 1:0 hisobi saqlanib qoldi va bu o‘yinda intrigani ushlab qoldi.
Aslida, 2-3 ta gol o‘tkazib yuborgach, Gana B jamoasi juda murakkab ahvolga tushib qolardi. Shu sababdan, yana takrorlab aytaman: eng asosiy sabab - foydalanilmagan vaziyatlar", - dedi Xayrulla Hamidov.
Fikrlar