
Xayrulla Hamidov nega "Milan"ga qarshi bahsda "Atalanta" favorit ekanligini aytdi
Bugun Italiya chempionati 17-turidan o‘rin olgan "Atalanta" - "Milan" bahsi o‘tkaziladi. Ushbu bellashuv Toshkent vaqti bilan 16:30da boshlanadi. Uchrashuvni Xayrulla Hamidov sharhlaydi.
Uchrashuv sharhlovchisi telegramdagi o‘zining sahifasida uchrashuvda kim favoritligini aytdi.
- "Milan" ustozi Polini jurnalistlar juda yomon troll qilishdi: "Atalanta"daku qandaydir uslub bor, bizda esa tushunarsiz o‘yin..."
Italiyalik mutaxassis javob topa oldi: "Bizda ham bor uslub, ehtimol uni ba’zilar ilg‘ay olmayotgandir, lekin bizning uslub bergamoliklarniki kabi kuchli bo‘lmasa-da, mavjud!"
Davron Fayziev: "Tottenxem" - "Chelsi" o‘yini keskin burilishlardan iborat
Bugungi futbol kunini boshlab beradigan o‘yin quvnoq o‘tishi turgan gap. Uslubi ko‘rinib turgan klub o‘zligiga qaytish uchun urinayotgan shonli klubni qabul qiladi. Poli janoblari mavhumiy uslublarini bizga ham ko‘rinadigan darajaga olib chiqmaguncha, bu bahsda "Atalanta" - favorit, - deya yozib qoldirdi Xayrulla Hamidov.
Fikrlar