Xaviga “Barsa”da kun yo‘q!

  • 18 may, 2024, 19:37
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xavi Ernandesning “Barselona”dagi kelajagi maahumligicha qolmoqda. Garchi tomonlar hamkorlikni davom ettirish bo‘yicha kelishib olgan bo‘lsa-da, keyingi paytda vaziyat o‘zgardi.

Tecno

Ayrim manbalarning yozishicha, klub xo‘jayini Joan Laporta 44 yoshli bosh murabbiy bilan xayrlashishga qaror qilgan.

Ma’lumotlarga qaraganda, klub rahbariyatiga Xavi Ernandesning klubda tarkibni kuchaytirish uchun moliyaviy imkoniyat yo‘qligini ochiq aytgani yoqmagan.

Qolaversa, kataloniyaliklar joriy mavsumni nufuzli sovrinlarsiz yakunlamoqda. “Barselona” bu yil hech qaysi jabhada ashaddiy raqib – “Real”ga etarli qarshilik ko‘rsata olmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!