Xavi: Yigitlar, Messini do‘stona kutib olamiz!

  • 2 aprel, 2023, 19:42
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” bosh murabbiyi Xavi Ernandes futbolchilik davrida o‘zi birga o‘ynagan Lionel Messiga ustozlik qilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Ispaniyalik mutaxassis yozda argentinalik yulduzning jamoaga qaytishiga qattiq ishonmoqda.

Tecno

Mundo Deportivo nashrining ma’lum qilishicha, Xavi  jamoa futbolchilari bilan jahon chempionining qaytishini muhokama qilgan.

Bosh murabbiy o‘yinchilardan Messiga etarli darajada hurmat ko‘rsatish va yaxshi munosabatda bo‘lishni talab qilgan.

Ma’lumki, Messi Kataloniyadan ketgan paytda ayrim o‘yinchilar bilan murosasi kelishmay qolgan edi. Xususan, jamoa darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen Leoni yoqtirmasligini ko‘pchilik biladi.

Xavi o‘z shogirdlaridan jamoa ichida “oilaviy atmosfera” hukmron bo‘lishini uqtirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!