
Xavi: Unga “Barsa”da “non” yo‘q!
“Barselona” bosh murabbiyi Xavi Ernandes Kataloniya klubiga kelishi kutilgan “Real Sosedad” o‘yinchisi Adnan Yanuzay bo‘yicha yakuniy qarorini e’lon qildi.
Aytish joizki, kataloniyaliklarga 26 yoshli belgiyalik yarim himoyachini olishni uning agenti Mino Rayola taklif qilgan edi. Chunki, Yanuzayning shartnomasi mavsm oxirida yakuniga etadi. “Real Sosedad” agar u yangi bitim imzolamasa qishda sotib yuborishni rejalashtirgan.
Xavi Yanuzayni olish taklifini rad etdi. Ispaniyalik mutaxassis bu o‘yinchiga “Barselona” tarkibida joy yo‘qligini ochiqchasiga aytdi.
Joriy mavsumda Adnan 17 ta uchrashuvda ishtirok etib, raqiblar darvozasini bir bor ishg‘ol qilgan. Uning transferi 12 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar