Xavi nima qilib bo‘lsa, ham shu ikki futbolchini olib kelishni talab qilmoqda

  • 11 avgust, 2023, 18:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” bosh murabbiyi Xavi Ernandes jamoa tarkibi ideal darajaga kelish uchun yana ikki nafar futbolchi kerakligini ta’kidlamoqda.

Tecno

Taniqli insayder Xerard Romero ta’kidlashicha, ispaniyalik murabbiy klub rahbariyatidan nima qilib bo‘lsa ham, “Vilyarreal”dan himoyachi  Xuan Foyt va “Manchester Siti”dan hujukor futbolchi Bernardu Silvani olib kelishni talab qilyapti.

Klub rahbariyati qiyin ahvolda. Ular bosh murabbiy talabini bajarish uchun moliyaviy muammolarni bartaraf qilishi kerak.

“Vilyarreal” Foyt uchun kamida 40 million evro so‘raydi. “Shaharliklar” ham portugaliyalik o‘yinchini 70 million evrodan kamiga qo‘yib yubormaydi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!