
Xavi: "Messi bo‘lmaganida, u tarixdagi eng yaxshi futbolchi bo‘lardi"
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Evropa ligasi doirasida "Napoli"ga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yin haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Birinchi bahsda yaxshi harakat qildik. Biroq javob uchrashuvida ham o‘zimizni ko‘rsatishimiz kerak. O‘z darajamizda to‘p tepsak, oldinga o‘tish uchun imkoniyat bor. Men juda qiyin o‘yin bo‘lishini taxmin qilyapman.
"Diego Armando Maradona" stadionida to‘p tepish bizga qo‘shimcha motivatsiya beradi. Messi bo‘lmaganida, u tarixdagi eng yaxshi futbolchi bo‘lardi", - dedi Xavi.
Fikrlar