
Husanovning sherigi kutilmaganda faoliyatini tugatmoqchi bo‘ldi
“Manchester Siti”ning tajribali markaziy himoyachisi Jon Stounz butun jamoa uchun qiyin o‘tgan avvalgi mavsumdan keyin faoliyatini yakunlamoqchi bo‘lganini tan oldi.
- O‘tgan mavsum men uchun oson o‘tgani yo‘q, hatto faoliyatimni tugatishni ham o‘ylab qolgandim. Hammasidan to‘yib ketgan edim va boshqa o‘ynashni istamasdim. Professional bo‘lganimdan kelib chiqib, qo‘limdan kelganini qilsam ham, jarohatlarga yo‘liqaverdim va nima qilishni bilmay qolgandim. Juda qiyin holat bu.
Odam ayrim vaziyatlarda nega bunday bo‘layotganini tushunmay ham qolar ekan.Yaxshi o‘ynash va doim yuqori sport formada bo‘lish uchun bor kuchingni sarflasang va hayot tarzingni shunga moslab yashasang, bunaqa omadsizliklar yanada alamli ta’sir qiladi.
Bunaqa holat kelib chiqish sabablarining bilsang, “mana shu ishlaning natijasi tufayli shu holat yuzaga keldi”, deb o‘zingni ovutish oson. Lekin hamma narsani talab darajasida bajarib turib, bunaqa muammolarga duch kelsang, ruhiy tomondan juda qiyin bo‘lar ekan. Endi hayotimda bu holat takrorlanmasligiga umid qilaman, - dedi Jon Stounz.
31 yoshli angliyalik futbolchi aslida “Barnsli” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Bu jamoadan keyin Stounz 2013 yili “Everton”ga o‘tib, mersisaydliklar safida uch yil o‘ynadi. 2016 yili “Manchester Siti” iqtidorli himoyachini 55,6 million evro to‘lab o‘z safiga qo‘shib oldi.
Xosep Gvardiola qo‘l ostida klublar miqyosidagi barcha nufuzli sovrinlarga ega bo‘lgan Jon Stounzning amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozida tugaydi. Uning klubdagi kelajagi hozircha mavhum bo‘lib turibdi.
Kannavaro hayratga solyapti! O‘zbekistonning yangi bosh murabbiyiga Evropadan qanday munosabat bo‘ldi?
Yangi murabbiy 9 futbolchini terma jamoadan chiqardi
ChatGPT Husanov gol urgan jamoaga manchesterlik futbolchini joyladi
O‘zbekistonda mundialni “yondiradigan” uchta futbolchi bor!
Fikrlar