Yangi murabbiy 9 futbolchini terma jamoadan chiqardi

  • 7 oktabr, 18:07
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

2026 yilgi jahon chempionatiga chiqish uchun Evropa mintaqasi saralash musobaqasida ishtirok etayotgan Qozog‘iston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvlar oldidan yakuniy tarkibini e’lon qildi.

Tecno

Qozog‘iston terma jamoasini oktyabr oyidagi o‘yinlarga vaqtincha yangi murabbiy – Talgat Baysufinov tayyorlamoqda. Bu mutaxassis kengaytirilgan tarkibda shug‘ullangan to‘qqiz nafar o‘yinchini yakuniy qaydnomaga kiritgani yo‘q.

Demak, ma’lumotlarga qaraganda, Talgat Baysufinov oktyabr oyidagi rasmiy uchrashuvlarda himoyachilardan Sagadat Tursinboy (“Ordabasi”), Aleksandr Zuev (“Tobol”), Aleksandr Mrinskiy va Erkin Tapalov (“Qayrat”), yarim himoyachilardan Serikjon Mujikov (“Okjetpes”), hujumchilardan Oralxon Omirtaev (“Aktobe”), Aybar Jaksilikov (“Qaysar”), Aliyar Muhammad (“Okjetpes”), Ramazon Karimov (“Astana”) xizmatidan foydalanmaydi.

Qozog‘iston milliy terma jamoasining oktyayur oyidagi o‘yinlarda ishtirok etadigan futbolchilardan iborat to‘liq tarkibi quyidagicha ko‘rinish oldi.

Darvozabonlar:

Stas Pokatilov (“Sabah”, Ozarbayjon), Muhammadjon Seysen (“Astana”), Bekxan Shayzada (“Ordabasi”), Kajimukan Tolepbergen (“Okjetpes”);

Himoyachilar:

Sergey Maliy, Sultanbek Astanov (“Ordabasi”), Alibek Qosim, Bagdat Kairov (“Aktobe”), Yan Vorogovskiy (“Astana”), Nurali Alip (“Zenit”, Rossiya), Naurizbek Jagorov (“Tobol”), Sagi Sovet (“Jenis”), Adilbek Jumaxanov (“Elimay”), Dinmuhammad Kashken (“Jetisu”), Arsen Ashirbek (“Okjetpes”);

Yarim himoyachilar:

Dauren Jumat (“Okjetpes”), Islambek Kuat, Dinmuhammad Karaman (“Jenis”), Ramazan Orazov, Almas Tyulyubay (“Elimay”), Islom Chesnokov (“Tobol”), Baxtiyor Zaynutdinov (“Dinamo Moskva”, Rossiya), Murodjon Xalmatov (“Ordabasi”), Damir Kasabulat (“Qayrat”), Georgiy Jukov (“Aktobe”);

Hujumchilar:

Artur Shushenachev (“Aktobe”), Maksim Samorodov (“Axmat”, Rossiya), Dastan Satpaev (“Qayrat”), Ivan Sviridov, Galimjan Kenjebek (“Elimay”).

Qozog‘iston milliy terma jamoasi jahon chempionati saralash turnirida 10 oktyabr kuni o‘z maydonida Lixtenshteyn bilan kuch sinashadi va  13 oktyabrda Shimoliy Makedoniya mehmoni bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2022 yilning noyabr oyida Qozog‘iston futbolchilari bilan yurtimizda o‘rtoqlik uchrashuvida kuch sinashib, 2:0 hislobida g‘alaba qozongan edi. Ayni paytda terma jamoamiz ham yangi bosh murabbiy - Fabio Kannavaro qo‘l ostida jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘ryapti.

Kannavaro hayratga solyapti! O‘zbekistonning yangi bosh murabbiyiga Evropadan qanday munosabat bo‘ldi?

ChatGPT Husanov gol urgan jamoaga manchesterlik futbolchini joyladi

Husanov o‘rniga jahon chempioni keladi!
O‘zbekistonda mundialni “yondiradigan” uchta futbolchi bor!
Gvardiola hammani “choyxona”ga chaqirdi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!