Xavi “Manchester Siti” o‘yinchisini kutmoqda

  • 2 yanvar, 2022, 09:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” bosh murabbiyi Xavi o‘z shogirdlari orasida “Manchester Siti” himoyachisi Emerik Laportni ko‘rmoqchi.

Tecno

Aslida kataloniyaliklarga “shaharliklardan” o‘yinchi olish yoqib qoldi. Avvalroq, “Barselona” Xosep Gvardiola jamoasidan Erik Garsiya, Serxio Aguero va Ferran Torresni transfer qilgandi.

27 yoshli Laport 2018 yildan beri “Manchester Siti” sharafini himoya qilmoqda. Ungacha iste’dodli futbolchi Bilbaoning “Atletik” jamoasi sharafini himoya qilgan va 65 million evroga Angliya klubiga transfer qilingan.

Joriy mavsumda barcha turnirlarda 19 ta uchrashuvda qatnashib, ikkita gol urgan himoyachining “Manchester Siti” bilan shartnomasi 2025 yilning yozigacha davom etadi. Laportning transfer summasi 45 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!