
Xavi Levandovski o‘rniga zo‘r to‘purar topib qo‘ygani o‘ziga qimmatga tushdi
“Barselona”ning sobiq bosh murabbiyi Xavi Ernandes kelasi mavsum ham jamoani boshqarishni reja qilgan ekan.
Ispaniyalik mutaxassis yozda Robert Levandovskidan voz kechish rejasini tuzgan. Xavi polshalik hujumchi o‘rniga La Liga to‘purarlaridan Artyom Dovbikni (“Jirona”)olishni mo‘ljallagan.
Evropa matbuotida Xavining ishdan olinishiga uni Levandovskini yo‘qotmoqchi bo‘lgani klub prezidenti Joan Laportaga yoqmagani haqida ma’lumotlar tarqatilgan edi.
26 yoshli Artyom Dovbik “Jirona”dagi debyut mavsumini yuqori darajada o‘tkazdi. Ukrainalik futbolchi barcha turnirlarda 45 ta o‘yin o‘tkazib, 25 ta gol va 10 ta golli pas uzatdi.
Fikrlar