Xavi Kloppga qimmat futbolchi berib, arzonini olmoqchi

  • 14 dekabr, 2021, 14:27
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Transfermarketweb sayti ma’lumotiga ko‘ra, “Barselona” tarkibini kuchaytirish maqsadida “Liverpul” bilan futbolchi almashtirishni rejalashtirgan.

Tecno

Xavi o‘z jamoasida liverpulliklar sharafini himoya qilayotgan Tyago Alkantarani ko‘rmoqchi. Bu o‘yinchini olish uchun kataloniyaliklar Yurgen Klopp ixtiyoriga 24 yoshli Frenki de Yongni jo‘natishga tayyor.

Qizig‘i shundaki, 30 yoshli Alkantaraning transfer summasi 25 million evroni tashkil qiladi. Niderlandiyalik futbolchi 90 million evroga baholangan.

Yurgen Klopp “Barselona” o‘yinchisiga qiziqmoqda. Germaniyalik mutaxassis Frenkining yangi qirralarini ocha olishiga ishonyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!