Xavi: Bu futbolchi xazina edi

  • 3 sentabr, 2022, 16:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” bosh murabbiyi Xavi Ernandes “Chelsi”ga o‘tib ketgan Per-Emerik Obameyang haqida iliq fikr bildirdi.

Tecno

Obameyang, afsuski, “Barselona”ni tark etdi. Per-Emerik maydonda undan tashqarida jamoaga juda ko‘p narsa berdi. U juda zo‘r futbolchi. Ajoyib statistikaga ega. Inson sifatida esa, xazinaning o‘zginasi, - dedi Xavi Ernandes.

Gabonlik to‘purar “Arsenal” rahbariyati bilan chiqishi olmay qolganidan keyin shu yilning boshida “Barselona”ga ko‘chiyu o‘tgandi. 33 yoshli futbolchi kataloniyaliklar safida 24 ta uchrashuvda 13 ta to‘p kiritdi.

Endi Obameyang yana Angliya premer-ligasiga qaytdi va bundan buyon “Chelsi” sharafini himoya qiladigan bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!