
Xavi: "Bizda kichik uchtunlik bor"
Kataloniya "Barselona" klubi bosh murabbiyi Xavi Ernandes Chempionlar ligasi chorak finali doirasidagi PSJga qarshi bo‘ladigan javob uchrashuvi oldidan o‘z fikrlarini bilidirdi.
"Ertaga dunyoning eng yaxshi jamoalaridan biriga va sayyoradagi eng yaxshi murabbiylardan biriga qarshi o‘ynaymiz. Bizda kichik ustunlik bor va buni bilamiz. Agar jamoaviy tomonlama yaxshi harakat qilsak, yarim finalga chiqamiz, deb o‘ylayman", - dedi Xavi matbuot anjumanida.
Eslatib o‘tamiz, Parijdagi bellashuvda "ko‘k-anorranglilar" 3:2 hisobida g‘alaba qozongan edi.
Fikrlar