Xavi “Barsa”ni kuchaytiradigan futbolchi nomini aytdi

  • 11 may, 2022, 09:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” bosh murabbiyi Xavi kelasi mavsum oldidan maydon markazini kuchaytirishni rejalashtirmoqda.

Tecno

Ispaniyalik mutaxassis bu borada “Napoli” yarim himoyachisi Fabian Ruisga ishonch bildirishga tayyor.

Italiyaliklarning Ruis bilan shartnomasi kelasi mavsum oxirida yakunlanadi. Shunga qaramay, ular  ispan futbolchisi uchun ancha katta narx – 60 million evro talab qilmoqda. Tabiiyki, kataloniyaliklar “Napoli”ning talabini pasaytirishga urinib ko‘radi.

26 yoshli yarim himoyachi “Betis” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. “Napoli” uni 2018 yili 30 million evro evaziga transfer qilgan.

Fabian Ruis bu mavsum barcha turnirlarda 37 ta o‘yin o‘tkazib, ettita gol va beshta assis muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!