
Xavi “Barsa”ga o‘zi bilan o‘ynagan qariyani chaqirdi
“Barselona” afsonalaridan biri Andres Inesta yana “Kamp Nou”ga qaytish imkoniga ega bo‘ldi.
Inesta bilan bir necha yil birga o‘ynagan Xavi Ernandes do‘stini Kataloniyaga qaytarmoqchi.
El Nacional nashri Kataloniyadan ketganidan beri Yaponiyaning “Vissel Kobe” jamoasi sharafini himoya qilib kelayotgan 38 yoshli pleymeyker bu klubdan ham ketish arafasida ekanini yozmoqda.
Inesta 2018 yildan beri yapon klubi safida 126 ta uchrashuv o‘tkazgan. Andres ko‘p jarohat olayotgani bois, faoliyatini yakunlash istagini bildirgandi. Bundan xabar topgan Xavi uni “Barselona” yoshlar jamoasini boshqarish va asosiy tarkib bilan ishlashda o‘ziga yordam berishga chaqiryapti.
Fikrlar