
Xavi: "Barsa"da qolishni xohlasang, shu pozitsiyada o‘ynashga majbursan!
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi jamoaning niderlandiyalik markaziy yarim himoyachi Frenki de Yogngni yangi mavsumda markaziy himoyachi sifatida ko‘rmoqda.
"De Yong markaziy himoyada o‘ynay oladi. Menga futbolchi sifatida Frenki yoqadi. Biz u bilan ko‘p marta gaplashdik, ammo bu haqda gapirmoqchi emasman. U markaziy himoyachi sifatida "Barselona"ga ko‘p narsa bera oladi. U buni yaxshi biladi", - dedi Xavi Diario Sport nashriga bergan intervyusida.
Oldinroq "Barselona" 25 yoshli de Yongni "Manchester Yunayted"ga bonuslar bilan birga 80 million evroga sotishga rozi bo‘lgani xabar qilingandi. Biroq futbolchining o‘zi jamoasini o‘zgartirishdan bosh tortmoqda.
Fikrlar